IT kasbini noldan o'rganing |
Dasturlash siz uchun emasdek ko'rinsa ham.
Nega men bilan vaqtingizni tejaysiz?
Amaliyot
Birinchi darsdan boshlab ortiqcha nazariyalarsiz amaliyot qilamiz
Individual yondashuv
Darsni birinchi kunidan boshlab barcha savollarga javoblarni olasiz, xatolaringizni tahlil qilamiz.
Qulay vaqt
Sizning bo'sh vaqtingizga qarab darslar kunlari va vaqtlarini belgilaymiz.
Zerikmasdan o'rganish
Jonli muloqot va interaktiv darslar orqali o'rgataman.
Ko'rinadigan natija
Birinchi darsdan boshlab o'zingizda natijani sezib borasiz.
Stresslarsiz o'rganish
Sizga mos tezlikda, bosim va stresslarsiz o'rgatib boraman.
Men haqimda
3 yildan ortiq o'qitish tajribasiga ega IT mutaxassisiman. Bu yonalishga endigina qadam qo'yayotganlarga kerakli ko'nikmalarini o'zlashtirishda yordam beraman. Digital-marketing sohasida ham amaliy tajribaga egaman, shuning uchun web-saytlar va web-loyihalar real vaziyatlarda va biznesda qanday o'ringa ega ekanligini tushunaman.
Mening o'qitishdagi tajribam:
Nimalarni o'rganamiz?
Endigina IT soxasiga qadam qo'yayotganlar shaxsiy yordamsiz qiynaladilar. Men bilan birga siz bosqichma-bosqich o'rganib borasiz, asta-sekin o'ziga bo'lgan ishonchga ega IT foydalanuvchisiga aylanasiz.
Web-sayt yaratish
Saytlar qanday yaratilishini o'rganamiz va o'zingizning birinchi loyihangizni yaratasiz.
Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash
Haqiqiy dasturchi kabi ma'lumotlar bilan ishlashni o'rganamiz
Tahlil
Web-saytlarni qanday yaxshilashni va xatolarni topishni tushunasiz
IT fikrlash
O'zingizga bo'lgan ishonch va kerakli tushunchalarga ega bo'lasiz.
Savollarga javoblar
O'rganishni bugundan boshlashingiz uchun muhim javoblar
IT kimlar uchun mos keladi?
Bu sohada o'zini noldan sinab ko'rishni va o'z qo'llari bilan biror narsa yaratishni istayotganlar uchun mos keladi. Agar siz ilgari hech qachon kod yozmagan bo'lsangiz ham, doimiy mashqlar orqali birinchi web-saytingizni bosqichma-bosqich yaratishingiz mumkin. Asosiysi kuchli istak va harakat, qolganini amalda ko'rsatib, qadamma-qadam o'rgatib boraman. Darslar endigina boshlayotganlar uchun mo'ljallangan.
Darslar qanday formatda o'tkaziladi?
Darslar onlayn tarzda o'tkaziladi va buning eng asosiy afzalligi, siz uydan turib tirbandlik va transportlardan vaqtingizni tejaysiz. Sizga kerak bo'ladigan yagona narsa - internetga ulangan kompyuter yoki notebook. Darslar interaktiv tarzda, 1:1 mentor bilan individual formatda o'tkaziladi. Sizning vaqtingizga qarab, dars kunlari va vaqtlarini moslashtirish imkoniyati mavjud. Darslar haftada ikki marta o'tkaziladi va har bir dars 60 daqiqa davom etadi.
O'rganish qancha davom etadi?
Darslar tushunishga asoslangan mavzular soniga emas. Muhimi o'rganish siz uchun qiziq va qulay bo'lishi lozim. Bu individual darslar, belgilangan davomiylikka ega kurs emas. Mustaqil ravishda rivojlanishni davom ettirishga tayyor bo'lganingizda individual o'rganishni bemalol tugatsangiz bo'ladi.
Darslar narxlari qanday?
Har bir individual dars narxi - 120 000 so'm. To'lovni har bir dars uchun alohida amalga oshirishingiz mumkin. Oylik to'lovda hisoblaganda 960 000 so'mni tashkil etadi. Agar dars jadvalini o'zgartirish kerak bo'lsa buni amalga oshirish imkoni mavjud. Qaror qabul qilish uchun bepul sinov darsidan boshlash mumkin.